18:20 / 02.01.2018
14381

Bishkekda Qirg‘iziston parlamenti deputati qo‘qqisdan vafot etdi

Foto: knews.kg

Qirg‘iziston parlamentining «Qirg‘iziston» fraksiyasidan deputat Jirg‘albek Kalmamatov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda 24.kg Jogorku Keneshga tayangan holda xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, o‘lim sababi va tafsilotlari hozircha noma'lum. Dafn etish marosimi ertaga parlamentariyning tavallud topgan joyi – O‘sh viloyatining Gulcha qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi. Qayd etilishicha, Jirg‘ilbek Kalmamatov 45 yoshda bo‘lgan.

Uning fraksiya bo‘yicha hamkasblari xabariga ko‘ra, deputat infarkt tufayli vafot etgan.

Mavzuga oid
Top