17:00 / 02.01.2018
7591

Eron hukumati namoyishlar tez vaqt ichida tugashini kutmoqda

Foto: AFP

Eron Ichki ishlar vazirining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Husayn Zulfiqoriyning hisoblashicha, namoyishlarda pasayish kuzatilmoqda va tez orada bu tartibsizliklar barham topadi. Bu haqda Press TV telekanali xabarida aytildi.

«Norozilik namoyishlari qamragan hududlarning katta qismida vaziyat normallashdi. Xavfsizlik kuchlarining harakatlari samarasida keyingi kunlarda avj olgan namoyishlar tez orada butunlay to‘xtaydi», degan Zulfiqoriy.

28 dekabrda Eron shaharlaridan birida tuxum narxining keskin oshishiga qarshi boshlangan noroziliklar 29 dekabrda butun mamlakatga yoyilib, siyosiy tus oldi va 6 kundirki ommaviy namoyishlar davom etmoqda.

Namoyishchilar hukumatning tashqi siyosati tufayli mamlakat ichkarisida iqtisodiy holat og‘ir ahvolga tushib qolganidan norozilik bildirishmoqda va oyatulloh Xomanaiy boshchiligidagi hokimiyat iste'fosini talab etmoqda.

Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat fuqarolarini xotirjamlikka chaqirdi. Uning fikricha, namoyishlarni chetdan ayrim kuchlar rag‘batlantirib turibdi.

Mavzu
Eronda g‘alayonlar to‘lqini

29 dekabr kuni Eronning turli shaharlarida inflatsiya, rahbariyat va katta xarajatlar talab qilayotgan tashqi siyosatga qarshi namoyishlar to‘lqini boshlandi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top