12:10 / 02.01.2018
14085

Paxtaobodning chekka qishlog‘ida 100 ishchi o‘ringa ega tekstil korxonasi ishga tushdi

Foto: KUN.UZ

Uyg‘ur qishlog‘i Andijon viloyati, Paxtaobod tumanining eng chekka hududlaridan biri. Kuni kecha qishloqda “SAMO” brendida mahsulot ishlab chiqaruvchi, “BIZNES ERKIN TEX” jamiyati tomonidan bunyod etilgan korxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ishlab chiqarish korxonasining ishga tushishi bilan hududdagi 100 nafar xotin-qiz muqim ish joyi bilan ta'minlandi. Fabrikada turli fasllarga mo‘ljallangan  trikotaj liboslari tikiladi.

Korxonaning ochilish marosimi qishloq ahli uchun tom ma'noda bayramga aylanib ketdi. Ochiq maydonga o‘zbek milliy qadriyatlaridan bo‘lgan dor tikilib, tumandagi “Madamin darboz” truppasi o‘z chiqishlarini namoyish qildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, korxonadagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon  

Top