08:17 / 02.01.2018
9301

Pokistondagi shifoxonalardan birida portlash, qurbonlar bor

Pokistondagi shifoxonalardan birida gaz ballonining portlashi natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Geo TV xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 10 dan ortiq odam jarohat olgan.

Mahalliy ma'muriyatning aniqlik kiritishicha, odamlar ballon portlashidan so‘ng tibbiyot muassasasi binosining qisman qulashi tufayli halok bo‘lishgan.

Qutqaruvchilarning ma'lum qilishicha, vayronalar ostida hali odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Top