15:10 / 03.01.2018
189185

“Yoshiga to‘lmagan” yangi avtomobillarni endi bozorda bemalol sotish mumkin

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan foydalanish muddati xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun bojni har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida undirishga doir talab bekor qilingani haqida xabar berilgandi.

Bundan oldin amal qilgan boj taqiq ko‘rinishida bo‘lgan hamda har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravarini tashkil etgan, bu esa avtosalondagi yangi avtomobil qiymati bilan teng edi.

Oshirilgan boj stavkasi 2008 yilda «olibsotar»lar bilan kurashish hamda avtosalonlardagi Chevrolet avtomobillari taqchilligini yo‘qotish maqsadida joriy etilgandi.

Sun'iy ravishda chaqirilgan taqchillik narxlarning oshishiga olib keldi – avtomobillar ikkilamchi bozorda rasmiy dilerlardan ancha qimmatroqqa baholandi. Aynan o‘shanda «shapka» tushunchasi paydo bo‘ldi, u avtosalonda shartnoma olish uchun pora berishni nazarda tutgan.

Biroq, oshirilgan bojning joriy etilishi avtomobillarni realizatsiya qilishdagi korrupsiyani yo‘qota olmadi hamda 2015 yilga qadar GM Uzbekistan avtomobillari ikkilamchi bozorda yangilaridan qimmatroqqa baholanib keldi.

Notarial harakatlar uchun boj stavkalari

Oshirilgan boj bekor qilinishi bilan bitimlarni notarial rasmiylashtirish uchun yig‘imlar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

Ishonchnoma qog‘ozini rasmiylashtirish uchun boj stavkalari

Avtomobillardan foydalanish va ularni boshqarish huquqi uchun ishonchnomalarni tasdiqlashga yig‘imlar bojlari:

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida GM Uzbekistan yangi Chevrolet avtomobillarini realizatsiya qilish sxemasida korruptsion jihatni yo‘qotish maqsadida yangi sotuvlar tizimi haqida e'lon qildi. Chevrolet.uz sotuvlar uchun yagona portal ishga tushirilgach, GM Uzbekistan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazmoqda, bu esa «tezligi» uchun «shapkalar» va navbat bilan turli hiylalarning oldini olishi kerak.

Mavzuga oid
Top