20:30 / 03.01.2018
14359

David Silvaning farzandi hayot uchun kurashmoqda

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi David Silva muddatidan oldin tug‘ilgan farzandi tufayli jamoa o‘yinlarini o‘tkazib yuborganini aytdi.

«Bir yangilik bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Yaqinda o‘g‘il farzandli bo‘ldim. Unga Mateo deb ism qo‘ydik. U muddatidan oldin tug‘ildi va har kuni hayot uchun kurashmoqda. 

Jamoadoshlarim, murabbiylar va klub xodimlariga meni tushungani uchun minnatdorchilik izhor qilaman. So‘nggi haftalarda juda ko‘p yaxshi tilaklarni eshitdim. Barchaga rahmat», — deb yozdi Silva tvitter sahifasida.

Top