10:30 / 03.01.2018
7888

Aviareys bortga kirib olgan kalamush tufayli bekor qilindi

Foto: Global News

AQShda Alaska Airlines aviakompaniyasi reysi bortda topilgan kalamush tufayli bekor qilindi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, samolyot Kaliforniya shtatidagi Oklend shahridan Oregon shtatida joylashgan Portlendga parvoz qilishi lozim bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, reys trap orqali salonga kalamush kirib olgani, ekipaj a'zolari esa uni ushlay olishmagani tufayli bekor qilingan.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilarga Portlendga parvoz qiluvchi boshqa reyslarga chiptalar taqdim etildi.

Mavzuga oid
Top