19:00 / 03.01.2018
36948

Nurmagomedov Makgregor bilan jang bo‘yicha yangi bayonot berdi

Foto: SportsJOE

Aralash yakkakurashlar bo‘yicha rossiyalik jangchi, UFC’da ishtirok etayotgan Xabib Nurmagomedovning ma'lum qilishicha, unga irlandiyalik Konor Makgregor bilan jang uchun pullar ham kerak emas. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Makgregor bilan jang uchun qancha pul xohlayman? Nol, men haqiqiy sovrinni istayman, pullarni emas. Men tarix uchun jang qilaman, shuning uchun bu yerdaman», - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi TMZ.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xabib Nurmagomedov va UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgergor ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro mojaroni davom ettirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top