11:30 / 03.01.2018
24308

O‘zbekistonlik ikki shaxs Tatariston prezidenti qarorgohiga kirishga urindi

Foto: Wikipedia

O‘zbekistonlik ikki shaxs yangi yilga o‘tar kechasi Tatariston prezidentining Qozondagi qarorgohiga kirishga urindi, ular qo‘lga olingan. Bu haqda «Pro Kazan» portali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qozondagi Kremlda 1 yanvarga o‘tar tunda o‘zbekistonlik ikki shaxs qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ular Tatariston prezidenti qarorgohiga yangi yilni nishonlash maqsadida kirib olishmoqchi bo‘lishgan.

- O‘zbekistonning 41 va 44 yoshdagi ikki fuqarosi Tatariston Respublikasi prezidenti qarorgohi yonidagi to‘siqdan oshib o‘tgan, so‘ng ular qo‘lga olindi. Ushbu shaxslarning so‘zlariga ko‘ra, ular “Gul bozorida” ishlaydi hamda qandaydir jinoyat sodir etishni rejalashtirishmagan, balki prezident qarorgohini ko‘zdan kechirishni mo‘ljallashgan, sababi bu yerni avval ko‘rishmagan ekan, - deya ta'kidlanadi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid
Top