18:10 / 04.01.2018
20784

Yilning eng etalon smartfonlari e'lon qilindi

2017 yilda ishlab chiqarilgan 150 ga yaqin smartfon 4PDA portali ekspertlari tomonidan sinovdan o‘tkazildi. Ularning orasidan eng yaxshilari tanlab olindi.

Foto: Reuters
Samsung Galaxy S8

Flagman modellar orasida Samsung Galaxy S8 eng etalon smartfon deya e'tirof etildi. Ekspertlar gadjyet himoyasining biometrik tizimi — Iris-skaner'ning ishonchli ekanini  ta'kidlashmoqda, shu bilan birga, Bixby intellektual yordamchisini maqtashmoqda — 4PDA versiyasiga ko‘ra, u boshqa tillarga tarjimalarni yaxshi uddalaydi, suratdagi obektlarni aniqlab, tarmoqda javoblar topa oladi. 

Foto: 4Huawei
Honor 9

Ekspertlar 25 000 rublgacha (436.75 dollar) bo‘lgan smartfonlar orasidan Honor 9'ni eng yaxshisi deb topishdi. Ta'kidlanishicha, bu model protsessori samaradorlik jihatidan raqiblaridan ortda qoladi, biroq hatto nisbatan zaif platformada ham gadjyet eng talabchan o‘yinlarni uddalay oldi.

Foto: Smart-phone.by
Xiaomi Redmi Note 4x

Byudjyet smartfonlar toifasida Xiaomi Redmi Note 4x yetakchilik qildi. 

Foto: Andro-news.com
Mate 10 Pro
Foto: Geektimes
AGM X2

Eng yaxshi kameraga ega gadjyet sifatida esa Mate 10 Pro e'tirof etildi. Eng yaxshi himoyalangan qurilma — AGM X2.

Mavzuga oid
Top