08:00 / 04.01.2018
13944

London derbisini oxirgi daqiqalarda urilgan gol hal qildi

Foto: Premer liga

Angliya chempionatining 22-turida London derbisi o‘tkazildi — «Arsenal» «Emireyts — Eshberton Grouv»da «Chelsi»ni qabul qildi. Antonio Konte jamoasi birinchi bo‘lib gol urgach, ikkita javob qaytarib oldinga chiqqandi, ammo natijani saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.

O‘yinning 63-daqiqasida Jyek Uilshir aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. 4 daqiqa o‘tib esa Eden Azar penaltidan tenglik o‘rnatdi. O‘yinning 84-daqiqasida Markos Alonso «Chelsi»ni oldinga boshladi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotganida Ektor Bellerin o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.

Durang natija tufayli «Chelsi» APL turnir jadvalida «Manchester Yunayted»ni quvib o‘ta olmadi. «Arsenal» 6-o‘rinda qolmoqda.

Angliya chempionati
22-tur

Arsenal – Chelsi 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 63 Uilsher, 1:1 – 67, penalti Azar, 1:2 – 84 Alonso, 2:2 – 90 Bellerin.
Arsenal – Chex, Chembers (Uolkott, 88), Mustafi, Holding, Bellerin, Chaka, Uilsher, Meytlend-Naylz, O‘zil, Sanches, Lyakazett (Uelbek, 80).
Chelsi –    Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Keyxill, Mozes (Dzappakosta, 56), Bakayoko, Kante, Fabregas (Drinkuoter, 71), Alonso, Azar (Villian, 82), Morata.
Ogohlantirishlar: Uilsher (31), Fabregas (43), Holding (53), O‘zil (67), Kurtua (89).

Foto: Premer liga
Top