09:30 / 04.01.2018
9663

Video: Diyego Kosta «Atletiko»ga qaytishi bilanoq gol urdi va jarohat oldi

1 yanvar kuni «Atletiko» Diyego Kostani yana o‘z futbolchisi sifatida tanishtirgandi. Uning taqdimoti jamoaning yangi stadioni «Vanda Metropolitano»da o‘tkazildi. U 3 yanvar kuni Ispaniya Kubogi nimchorak finali doirasida «Leyda Esportiu»ga qarshi o‘yinda (4:0) maydonga tushirildi. Zaxiradan tushgan futbolchi Madridga qaytishidan keyingi ilk o‘yinidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Diyego Kosta yarim yil futboldan tashqarida bo‘lgandi. U «Chelsi»ni mojaroli tarzda tark etganidan keyin «Atletiko» bazasida shug‘ullanib turgandi. Endi u yana bir qancha vaqt maydondan tashqarida bo‘ladi, chunki u golini urish vaqtida jarohatlandi.

Mavzuga oid
Top