16:30 / 04.01.2018
7587

JARda poyezd izdan chiqdi, qurbonlar bor

Foto: @ER24EMS

Janubiy Afrika Respublikasida yo‘lovchi poyezd izdan chiqib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi va yuzga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda tezkor tibbiy xizmat ma'lumotlariga asoslanib, Bi-bi-si xabar tarqatmoqda.

Hodisa Hennenmen va Krunstadt aholi punktlari o‘rtasidagi hududda ro‘y bergan. 

Enca nashri ma'lumotiga ko‘ra, avariya bir poyezd va ikki avtomobil ishtirokida ro‘y bergan. Poyezd Port-Elizabetdan Yoxannesburgga yo‘l olgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi o‘z vaqtida to‘xtay olmagan va temir yo‘ldan o‘tayotgan poyezdga borib urilgan, poyezd izdan chiqib ketgach, yona boshlagan.

Voqea joyida qutqaruvchilar va tibbiy xodimlar ish olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top