09:30 / 05.01.2018
30172

Ramzon Qodirov: AQSh Eronga halokatli yordam tayyorlab qo‘ygan 

Foto: Aleksey Nikolskiy/TASS

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh prezidenti Donald Trampning Erondagi faollarga qo‘llab-quvvatlov taqdim etishga tayyorligi haqidagi bayonotiga izoh berarkan, Vashington Tehronga «halokatli yordam» tayyorlab qo‘yganini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Qodirov tvitterdagi sahifasida yozdi.

«Donald Tramp AQSh Erondagi norozilik namoyishlari ishtirokchilariga ancha jiddiy qo‘llab-quvvatlov taqdim etish niyatida ekanini ma'lum qildi, u bu kerakli vaqtda ro‘y berishini aytdi. Avvalroq xuddi shunday yordam Liviya, Suriya, Iroq, Afg‘oniston, Serbiya, Vetnam va boshqa mamlakatlar xalqlariga berilgandi. Eronga halokatli yordam tayyorlanmoqda», - deya ma'lum qildi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Erondagi norozilik aksiyalari qatnashchilariga «katta yordam» va'da qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top