17:18 / 06.01.2018
15252

5 yanvar kuni Toshkentda 83 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yildi 

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 5 yanvar kuni, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 2358 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Shulardan:

- mast holatda transport vositasini boshqarish – 15 ta;
- transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 39 ta;
- svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik – 24 ta;
- harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 18 ta;
- odam tashishi qoidalarini buzish – 235 ta;
- tezlikni belgilangan me'yoridan oshirish – 150 ta;
- bo‘ysunmaslik - 5;
- xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik – 900 ta.

Jami 83 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan. 

Top