14:42 / 06.01.2018
9917

Afg‘onistonda toliblar o‘nlab kishilarni o‘g‘irlab ketishdi

Foto: Ariana News

Afg‘onistonning Farax viloyatida «Tolibon» radikal harakati qurollangan jangarilari 20 kishini o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda mahalliy Ariana News telekanali xabar bermoqda.

Viloyat mintaqaviy kengashi a'zosi Dadulla Kanning ma'lum qilishicha, jangarilar trassada bir necha avtomobilni to‘xtatishgan, ularning yo‘lovchilarini qo‘lga olishgan hamda noma'lum tomonga qarab olib ketishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi yirik terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetgani xabar berilgandi.

Top