22:05 / 06.01.2018
9406

Angliya Kubogi. «Manchester Siti» irodali g‘alaba evaziga keyingi bosqichga chiqdi

Angliya Kubogining 3-bosqichida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Byornli»ni qabul qildi.

O‘yin davomida mezbonlar katta ustunlikka ega bo‘lsa-da, hisob mehmonlar tomonidan ochildi. 25-daqiqada Barns himoyachining xatosidan foydalanib, «Siti» darvozasini ishg‘ol etdi.

Mezbonlar tashabbusni ikkinchi bo‘limda gollarga aylantirishdi. Agueroning 2 daqiqa ichidagi dubli va Sane bilan Bernardu Silva gollari «Manchester Siti»ni keyingi bosqichga olib chiqdi.

Angliya Kubogi, 3-bosqich 
Manchester Siti – Bernli - 4:1 

6 yanvar, «Etixad Stedium» 
Gollar: 0:1 – 25 Barns, 1:1 – 56 Aguero, 2:1 – 58 Aguero, 3:1 – 71 Sane, 4:1 – 82 Bernardu Silva. 
Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Stounz, Danilo, Zinchenko (Uoker, 72), Silva, Fernandino, Sterling, Gyundogan (de Bryuyne, 76), Sane, Aguero (Bernardu Silva, 79).
Byornli – Poup, Long, Teylor, Louton, Mi, Gudmundsson (Uolters, 75), Kork (Uells, 69), Vestvud, Xendrik, Barns, Vouks.
Ogohlantirishlar:  Danilo (49), Vestvud (57), Kork (69).

Mavzuga oid
Top