19:08 / 06.01.2018
26657

Buxoro IIB tomonidan qidiruv e'lon qilingan “odamfurush” ayol Dubayda qo‘lga olindi

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2011 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Buxoro shaharda yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan L.H. Birlashgan Arab Mamlakatlarining Dubay shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi. “Odamfurush ayol” O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinib, unga nisbatan qonunlarda belgilangan jazoning muqarrarligini ta'minlash choralari ko‘rildi.

O‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2015 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, G‘ijduvon shahar M.Ashrafiy ko‘chasi 72-uyda yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.O. Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Mavzuga oid
Top