15:26 / 06.01.2018
30767

Mashhur brendlarning ilk logotipi qanday bo‘lgan?

Apple, Microsoft, Sony. Ularning logotipiga birgina nigoh tashlash ham iste'molchida ma'lum bir reaksiyani uyg‘otadi va iste'mol bazasi hamda kompaniya ideallari o‘rtasida bog‘liqlikni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, oddiy dizayndagi logotip kompaniyani g‘alati yoki xaridor uchun begona qilib qo‘yishi mumkin.

Ba'zi brendlar doimiy ravishda o‘zgarib boruvchi fikrlar va bozor trendlariga yetib olish uchun o‘z logotiplarini o‘zgartiradi; boshqalari esa avvalgi dizayn kompaniyaning haqiqiy g‘oyalarini aks ettirmayotganini to‘satdan payqab qolishadi.

Mavzuga oid: Video: yashirin ma'noga ega bo‘lgan 17 ta logotip

Mavzuga oid: Apple nok va boshqa mevalarga qarshi

Vaqt sinovidan o‘ta olmagan logotiplarning ba'zi namunalari quyida keltiriladi.

Apple

Foto: Apple

Apple brendining sinonimlari bo‘lgan oddiylik va erkin uslub aslida kompaniyaning birinchi logotipida umuman yo‘q – unda ser Isaak Nyutonning olma daraxti tagida o‘tirgani tasvirlangan. Dizayn Apple’ning o‘sha mashhur va rangli logotipiga bir yildan so‘ng o‘zgartirildi.

Yana bir qiziq fakt: kompaniya aslida Nyutonning mashhur olmasi sharafiga nomlanmagan, balki Stiv Jobsning «mevali» parhezlaridan biri nomini olgan.

Sony

Foto: Sony

Sony hozirgi logotip uchun qo‘llaydigan shrift kompaniyaning ba'zi mahsulotlari kabi chuqur tasavvur uyg‘otadi. Biroq, 1958 yilgi logotipda abadiy klassika g‘oyasidan brendning futuristik obrazini yaratishga urinish sabab voz kechishga qaror qilindi.

Amazon

Foto: Amazon

Amazon’ning dastlabki logotipida internet-do‘konning barcha salohiyati va imkoniyatlari to‘la ochib berilmagan, hozirgi dizaynda esa bu «a» dan «z» ga qadar ko‘rsatib berildi.

Buning o‘rniga unda yo‘l tasvirlangan bo‘lib, u qandaydir «A» punktiga olib boradi. Bu logotip 2000-yillarga qadar o‘zgartirilmadi, biroq Amazon’ning asosiy tovari kitoblar bo‘lgani holda, ular bu logotipda umuman ko‘rsatilmagan. 

Xerox

Foto: Xerox

Ehtimol, Xerox avvalgi mashhurligini yo‘qotgan hamdir, biroq aynan PARC kompaniyasining tadqiqot bo‘limi qachonlardir foydalanuvchilar interfeysini ishlab chiqqanini yoddan chiqarmaslik kerak. Shu bilan birga, kompaniya birinchi logotipi bugun bir qadar boshqa tasavvur beradi, 1950-yillarda esa o‘zgacha bo‘lgani aniq.

Nintendo (1950) 

Foto: Nintendo

Nintendo Mario mashhur o‘yini paydo bo‘lishiga qadar qariyb yuz yildan beri o‘yinlar yaratish bilan shug‘ullanib kelgan. Garchi so‘nggi 30 yilda kompaniya nufuzi ancha oshgan bo‘lsa ham, Nintendo eng kichik narsadan boshlagan – qartali o‘yinlardan. Buni ushbu logotip ham ko‘rsatib beradi, u 1950-1960 yillarda kompaniya nomini bezab turgan.

Logitech 

Foto: Logitech

Bu yerda taqdim etilgan namunalardan ko‘pi – brendlarning o‘z logotipini yaratish bo‘yicha ilk urinishlaridir. Bu logotip Logitech’ning to‘rtinchi harakati bo‘lgan. Garchi u bugungi logotipga asos qilib olingan bo‘lsa-da, dizayn vaqt sinovidan o‘ta olmadi.

Microsoft 

Foto: Microsoft

Microsoft’da xuddi Logitech bilan bo‘lgani kabi, birinchi logotip juda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan. Biroq kompaniya 1980-1982 yillarda foydalangani «juda ilg‘or» ko‘rinishga harakat qilgandek tasavvur uyg‘otadi – bu esa shunchaki o‘sha davrning belgisi sanaladi. 

Wikipedia 

Foto: Wikipedia 

Vikipediya yaqinda 15 «yoshga» to‘ldi, o‘tgan vaqt davomida uning sayti dizayni deyarli o‘zgarmadi, logotip haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Milliardlab odamlarga taraqqiyot uchun hissa qo‘shishga, internetda eng to‘g‘ri manbalardan ma'lumot olishga imkon bergan loyiha 2001 yilda ishga tushirilganida qandaydir adekvat logotipga ega bo‘lmagan.

Mavzuga oid
Top