18:13 / 06.01.2018
32009

Top-10: Android'da ishlovchi eng yaxshi smartfonlar

Xitoyning Huawei Mate 10 Pro smartfoni 2017 yilning  Android boshqaruvi ostidagi eng yaxshi zamonaviy smartfoni deya e'tirof etildi. Android Authority portali taqdim etgan eng yaxshi smartfonlar o‘nligi ro‘yxati shundan dalolat bermoqda.

Huawei Mate 10 Pro
Foto: Andro-news

Portalning keng ko‘lamli sinovlariga ko‘ra, Xitoy gadjyeti yakuniy bosqichda 361 ball oldi, bu ikkinchi o‘rinni olgan Samsung Galaxy Note 8 smartfoni natijasidan 7 ballga ko‘p demakdir. Uchinchi o‘rinni OnePlus 5T egalladi - 337 ball.

Samsung Galaxy Note 8
Foto: CNET
OnePlus 5T
Foto: Android Authority

Eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatiga shuningdek Nokia 8, LG V30, Pixel 2 XL, Moto Z2 Force, Sony Xperia XZ1, Razer Phone va  BlackBerry KEYone Black modellari ham kirdi.

Tanlovning asosiy mezonlari texnik parametrlar, ishlash tezligi, akkumulyator imkoniyatlari, narx hamda kamera faoliyati. Tashkilotchilarning aniqlik kiritishicha, olingan suratlar sifati portal foydalanuvchilari tomonidan baholangan.

Mavzuga oid
Top