12:35 / 06.01.2018
5968

Venesuela 100 mln milliy kriptovalyuta chiqarish arafasida 

Foto: AFP

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 100 mln El Petro milliy kriptovalyutasi chiqarilishi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TeleSUR.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, har bir "Petro" Venesuela neftining bir barreli qancha tursa shunchaga baholanadi.

"Men 100 million "petro" emissiyasi haqida topshiriq berdim, u Venesuelaning barcha boyligi bilan qo‘llab-quvvatlangan. Har bir "petro" Venesuela neftining bir barreli narxi bilan baholanadi", - deya Maduroning bayonotini keltiradi VTV kanali. "Petro"ning tug‘ilishi haqidagi akt 14 yanvar kuni taqdim etiladi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Venesuela rahbari.

Mavzuga oid
Top