12:20 / 07.01.2018
8774

A seriya. Yetakchilar g‘alaba qozondi, Rimda sensatsiya qayd etildi

Foto: A seriya

Italiya A seriyasining 20-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlarp bo‘lib o‘tdi. Unda peshqadam «Napoli» va bu o‘ringa asosiy da'vogarlardan «Yuventus» va «Roma» o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.

«Napoli» «Verona»ni qabul qilib, Kalidu Kulibali va Xose Kalexon tomonidan kiritilgan gollar evaziga navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rimda kechgan uchrashuvda «Roma» «Atalanta»ni qabul qilib, kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mezbonlar bir bo‘lim davomida bir kishi ko‘p bo‘lib to‘p surishiga qaramasdan mag‘lubiyatga uchradi. Turinning «Yuventus» klubi esa «Kalyari» mehmoni bo‘lib, uzoq vaqt gol kirita olmadi. Uchrashuvning so‘nggi qismida Federiko Bernardeski tomonidan kiritilgan yagona gol turinliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Shuningdek bu turda «Milan» Leonardo Bonuchchining yagona goli evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Napoli» hisobidagi ochkolar soni 51, «Yuventus» ochkolari esa 50taga yetdi. Jamoalar mos ravishda 1-2 o‘rinlarni egallab turibdi. 

Italiya A seriyasi, 20-tur

Napoli – Verona - 2:0 
Gollar
: Kulibali (65), Kalexon (78). 
Napoli: Reyna, Albiol (Maksimovich, 85), Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Hamshik (Zelinski, 77), Jorjino, Kalexon, Allan, Insine (Rog, 87), Mertens.
Verona: Nikolas, Erto, Kaseres, Ferrari, Karachcholo, Byuxel, Bessa (Kalvano, 77), Fares, Romulo, Verde (Felicholi, 82), Kin (Patstsini, 58).
Ogohlantirishlar: Bessa (34), Romulo (47), Kaseres (67), Ferrari (83).

Roma – Atalanta 1:2 (0:2)
Gollar
: Djyeko (56) – Kornelius (14), de Ron (19).
Roma: Alisson, Florentsi (Bruno Peres, 83), Manolas, Fasio, Kolarov, Pellegrini (Shik, 51), Gonalon, Strotman (Under, 76), El-Shaaravi, Djyeko, Perotti.
Atalanta: Berisha, Toloi, Kaldara, Palomino, Xatebur, de Ron, Froyler, Spinatstsola, Ilichich (Kristante, 46), Gomes (Masello, 69), Kornelius (Petanya, 61).
Ogohlantirishlar: de Ron (28), Kaldara (30), Fasio (90).
Chetlatish: de Ron (45).

Kalyari – Yuventus 0:1 (0:0)
Gol
: Bernardeski (74).
Kalyari: Bittenkur, Romanya, Cheppitelli, Pizakane (Djannetti, 88), Farago, Barella (van der Vil, 86), Chigarini, Ionitse (Sau, 69), Padoin, Farias, Pavoletti.
Yuventus: Shchensni, Bardzali, Benatiya, Kellini, Aleks Sandro, Pyanich, Xedira (Mandjukich, 60), Matyuidi, Bernardeski (Lixtshtayner, 79), Dibala (Duglas Kosta, 50), Iguain.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (42), Bernardeski (51), Pavoletti (75).

Milan – Krotone - 1:0 
Gol
: Bonuchchi (54). 
Milan: Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Bonaventura, Bigliya, Chalxanoglu, Kessie (Lokatelli, 84), Suso, Kutrone (Kalinich, 76).
Krotone: Kordats, Ayyeti, Martella, Sampirizi, Chekkerini, Barberis (Kragl, 86), Mandragora, Roden (Krochata, 64), Stoyan, Trotta, Budimir (Simi, 76).
Ogohlantirishlar: Mandragora (20), Bigliya (45), Martella (90).

SPAL – Latsio - 2:5 
Gollar
: 0:1 – 5 Luis Alberto, 1:1 – 8, penalti Antenuchchi, 1:2 – 19 Immobile, 1:3 – 26 Immobile, 2:3 – 30 Antenuchchi, 2:4 – 41 Immobile, 2:5 – 50 Immobile. 

Benevento – Sampdoriya - 3:2 
Gollar
: 0:1 – 45 Kaprari, 1:1 – 69 Koda, 2:1 – 84 Koda, 3:1 – 90 Brinola, 3:2 – 90+2 Kovnatski. 

Jyenoa – Sassuolo - 1:0 
Gol
: 1:0 – 80 Galabinov.

Mavzuga oid
Top