18:52 / 07.01.2018
6218

Yamanning o‘ldirilgan sobiq prezidenti Solihning partiyasiga yangi yetakchi tanlandi

Yamanning isyonchi-husiychilar bilan otishmada o‘ldirilgan sobiq prezidenti Ali Abdulla Solihning «Butunumum xalq kongressi» (BXK) partiyasi yangi yetakchini tanladi, yangi rahbar Solihning safdoshi va partiya rahbarining o‘rinbosari Sodiq Amin Abu Ras, deb xabar qiladi RIA Novosti muxbiri.

Partiyaning bosh kengashi Abu Rasning saylash haqidagi qarorni bir ovozdan qabul qildi. BXKning bosh kotibi xususidagi saylov keyinroq o‘tkaziladi, hozircha partiyaning bir necha rahbarlari birgalikda bu lavozimni egallashgan.

Abu Ras Solih hukmronligi chog‘ida Yaman hukumatida turli lavozimlarda ishlab kelgan. 2011 yilda «arab bahori» chog‘ida Sanadagi prezident qarorgohi raketa hujumiga uchraganida u Solih bilan birga jabrlangan. Mamlakatda boshlangan noroziliklar Solihning iste'foga chiqishiga olib keldi va 2012 yilda hokimiyat tepasiga vitse-prezident Abdurobbu Mansur Hodiy kelishi bilan yakun topdi.

Ali Abdulla Solih 2017 yilning 4 dekabrida hokimiyat bilan qarama-qarshiliklarda yaqin-yaqingacha ittifoqchilari bo‘lib kelgan shialarning «Ansorulloh» harakatidan isyonchi-husiychilar bilan ziddiyat oqibatida o‘ldirildi. O‘sha otishmada BXK bosh kotibi Orif az-Zuqa ham halok bo‘ladi.

Yamanda husiychilar va prezident Abdurobbu Mansur Hodiy boshchiligidagi hokimiyat o‘rtasida fuqarolik ziddiyati 2014 yildan buyon davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top