12:00 / 07.01.2018
77887

Qovurilgan baliq birdan jonlanib ketdi (video)

Foto: Skrinshot

Internetda qovurilgan baliqning birdan jonlanib ketgani videosi ommalashmoqda. Video The AIO Entertainment’ning YouTube-kanalida joylashtirilgan.

Voqea esa Xitoyning Xunan viloyatida, mahalliy kompaniyaning bazmida yuz bergan. Videoda patnisda tortiq qilingan, ichak-chavoqlaridan tozalangan va frityurda qovurilgan baliq birdan qimirlay boshlaganini ko‘rish mumkin.

The Independent’ning ma'lum qilishicha, video internetda bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Ba'zilar baliqning joni uzilmaganini, boshqalar esa u yaxshilab qovurilmaganini taxmin qilishgan. 

Nashr taxminiga ko‘ra esa baliqlarning miyasi va yuragi o‘lgandan keyin ham ularning mushaklaridagi hujayralar ba'zi narsalarga ta'sirchan bo‘lib qoladi.

Top