22:20 / 07.01.2018
12919

La-Liga. "Barselona" "Levante"ni yirik hisobda yengdi

Foto: Reuters

Ispaniya chempionati 18-turida "Barselona" o‘z maydonida "Levante"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. 

12-daqiqada Messi hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada Luis Suares oradagi farqni oshirdi. Paulino o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan vaqtda gol urib, yirik hisobdagi g‘alabani ta'minladi.

Yana bir o‘yinda "Leganes" o‘z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qilib, 1:0 hisobidagi kichik g‘alabaga erishdi. 

O‘yindagi yagona gol 75-daqiqada Pires tomonidan kiritildi. 

Barselona – Levante 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 12 Messi, 2:0 – 38 Suares, 3:0 – 90 Paulino.
Barselona – ter Stegen, Vermalen, Maskerano, Alba, Paulino, Serdji Roberto (Xose Arnais, 85), Inesta (Andre Gomesh, 76), Rakitich, Dembele (Nelson Semedu, 67), Messi, Suares.
Levante – Olasabal, Kabako, Luna, Mur, Postigo, Lerma (Rober, 62), Lukich, Dukure, Djyeyson (Samu, 83), Ivi Lopes, Boateng (Nano, 74).
Ogohlantirishlar: Lerma (8), Postigo (31), Boateng (70), Rober (84).

Leganes – Real Sosedad 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 75 Pires.
Leganes – Kuelyar, Saldua, dos Santos, Munos, Riko, Peres, Gumbau (Ramos, 46), El-Jar (Bustinsa, 80), Pires, Eraso, Bovyu (Gerrero, 68).
Real Sosedad – Ruli, Odriosola, Lorente (Rodriges, 78), Navas, Martines, Priyeto (Bautista, 83), Ilyarramendi, Surutusa, Kanales (Xuanmi, 65), Villian Joze, Oyarsabal.
Ogohlantirish: Villian Joze (34).

Top