21:09 / 07.01.2018
16933

Mourino "MYu"ning muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga antiqa sabab topdi

Foto: Reuters

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning muvaffaqiyatsizligi sabablaridan biri sifatida to‘p olib beradigan bolalarni ko‘rsatdi. 

The Sun bergan ma'lumotga ko‘ra, bolboylar to‘pni o‘yinga qaytarishda sekin harakat qilishmoqda. Uning fikricha, bu jamoaning tezkor hujum uyushtirishiga to‘sqinlik qilmoqda. 

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Mourino bolboylar to‘pni o‘yinga tezroq o‘yinga qaytarmagan taqdirda ularni almashtirishni talab qilishi mumkin. 

Portugaliyalik mutaxassis o‘tgan yil yanvarda ham bolboylar ishidan norozi bo‘lib, ularning o‘rniga klub akademiyasidagi o‘yinchilarni qo‘yishga qaror qilgan edi. 

Top