08:17 / 07.01.2018
15170

Oyda bo‘lgan fazogir 87 yoshida vafot etdi

Foto: NASA

Amerikalik fazogir, 1972 yilda Oy sirtiga qo‘ngan Jon Yang 87 yoshida vafot etdi. Uning vafot etgani haqida 6 yanvarda NASA tvitterda ma'lum qildi. 

“Biz fazogir Jon Yang vafotidan qayg‘udamiz. U Oyga ikki marta uchgan, unga qadami tekkan hamda birinchi koinot shattlini boshqargan. U “Apollon”, “Jyemini” va “Speys shattl” dasturlari doirasida 6 marta koinotga parvoz qilgan”, deb aytilgan xabarda.

NASA saytidagi ma'lumotga ko‘ra, Yang Oy sirtiga qadami tekkan 9-fazogir va uning sirtida lunoxodni boshqargan uch kishidan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, u NASA’da ishlash bo‘yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi: u 42 yil umrini koinot agentligi bilan bog‘lagan.

Yang Oy sirtiga koinotga 4-parvozi davomida 1972 yil aprelida qo‘ngan. U o‘shanda “Apollon-16” kemasi sardori bo‘lgan. U 1972 yil 20 aprelda Oy sirtiga oyoq bosgan va Yerga qaytgach “Buyuk xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. U, shuningdek, birinchi bo‘lib “Kolumbiya” shattlini boshqargan. 

Biroq AQSh fazogirlari Oyga uchganlari hanuzgacha shubha ostiga qo‘yib kelinadi. Mutaxassislar bunda ko‘plab shubhali holatlarni qayd qilib o‘tishgan. Misol uchun, fazogirlarning suratlarida ularning soyalari nomutanosib tushayotgani, Oyga o‘rnatilgan AQSh bayrog‘i esa Yerning tabiiy yo‘ldoshida umuman atmosfera bo‘lmagan bir paytda hilpirab turgani hanuzgacha ko‘pchilikda savol tug‘diradi. 

Mavzuga oid
Top