23:07 / 08.01.2018
11755

AQSh “terrorchilikka qarshi urush”ga qancha mablag‘ sarflagani ma'lum bo‘ldi   

Foto : David B. Gleason

AQSh butun dunyo bo‘ylab “terrorchilikka qarshi urush” uchun 5,6 trln dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan. Bunday ma'lumotni AQShning Braun universiteti mutaxassislari olib borilgan Costs of War loyihasi natijalariga iqtibos keltirgan holda The Nation nashri xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, haqiqiy xarajatlar bu mablag‘dan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Dekabrda AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Vashington “Yaqin Sharqqa ahmoqlarcha 7 trln sarflagani” aytilgan postni joylashtirgan. Maqolada aytilishicha, Trampning bu so‘zlari Costs of War’ning prognozlarini tasdiqlaydi. Unga ko‘ra, 2050-yillarga kelib jangarilarga qarshi kurash uchun xarajatlar deyarli 8 trln dollarga yetadi.

Tadqiqot doirasida “terrorga qarshi kurash” xaritasi taqdim qilingan. Xaritaga ko‘ra, AQSh harbiy mavjudligi u yoki bu shaklda 76 ta davlatda saqlanib qolgan. Ular orasiga AQSh harbiy-havo kuchlari muntazam aviahujumlar uyushtiradigan hududlar bilan birga amerikalik mutaxassislar mahalliy qo‘shinlarni o‘rtagadigan davlatlar ham kiradi.  

Shu bilan birga Vashington harakatlari samaradorligi mutaxassislarda katta shubha tug‘dirmoqda. “Buyuk shaharlar toshlar uyumiga aylandi, o‘n millionlab odamlar uylarini tark etdi, millionlab qochqinlar boshqa davlatlar xotirjamligini buzib, chegaralarni kesib o‘tmoqda”, deb aytilgan maqolada. 

Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, AQShda “terrorchilikka qarshi urush”ga ketgan xarajatlar va intervensiyalarning yakuniy natijalari muhokama qilinmaydi. 

Top