08:45 / 08.01.2018
6984

Falcon 9 raketasi maxfiy sun'iy yo‘ldosh bilan fazoga uchirildi

Foto: AP Photo/John Raoux

AQShning SpaceX kompaniyasi 7 yanvarda Falcon 9 raketasini hukumatning maxfiy sun'iy yo‘ldoshi Zuma bilan birga fazoga uchirdi. 

Bu parvoz Ilon Mask kompaniyasining 2018 yildagi ilk parvozi bo‘ldi va Kanaveral burnidagi AQSh harbiy-havo kuchlari bazasidan amalga oshirildi. Sun'iy yo‘ldosh qanday vazifalarni bajarishi haqida ma'lumot berilmagan.

Raketa taxminan mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan 8 yanvar soat 06:00) uchirilgan. Startdan 8 daqiqa o‘tgach, raketaning birinchi pog‘onasi maxsus qo‘nish maydonchasiga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan. 

Mavzuga oid
Top