07:28 / 08.01.2018
27103

Olimlar Shimoliy Koreya rahbarining sog‘lig‘ida muammolar borligini ta'kidlashmoqda

Foto: KCNA / REUTERS

Janubiy koreyalik olimlarning ta'kidlashlaricha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan muammolar mavjud. Bu haqda “Tona ilbo” nashriga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Chxunchxon-Pukto viloyati universiteti professori Cho Don Uka Shimoliy Koreya rahbarining yangi yil murojaatini tahlil qilib, uning bir qator undosh tovushlarni talaffuz qilishidagi vibratsiya, shovqin va amplituda unda “yurak va o‘pkadan ko‘ra, buyraklari bilan muammolar bo‘lishi mumkinligini” ta'kidlashga ijozat beradi.

“Bunday tahlil yordamida Kimning ichki tana a'zolari ishlashi haqida qaror chiqarish mumkin emas, biroq uning yangi yil murojaati tahlili natijalariga ko‘ra, uning buyraklari qolgan tana a'zolariga nisbatan zaifroq ishlashini tushunish mumkin”, deb aytgan professor.

E'tiborlisi, Shimoliy Koreya rahbarining salomatligi borasidagi bu xabar 9 yanvarga belgilangan, Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya vakillarining uchrashuvi arafasida paydo bo‘ldi. Kim Chen In millatga yangi yil murojaatida Janub bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini bildirgandi.

Seul Shimoliy Koreyaning avvalgi rahbarlari salomatligi ortidan ham sinchkov kuzatuv olib borgan. Biroq Kim Chen Inning otasi Kim Chen Irning ovozini kamdan-kam odam eshitgan, chunki uning aytganlari va buyruqlari boshqalar tomondan yetkazilgan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning amaldagi rahbari qand kasalligi va qon bosimidan aziyat chekadi. 2016 yilda Janubiy Koreya razvedka xizmatlari uning vaznini chamalab ko‘rishgan va Kim Chen In 4 yil ichida 40 kg.ga, ya'ni 90 kg.dan 130 kg.gacha semirgani haqidagi fikrga kelishgan.   

Mavzuga oid
Top