13:33 / 08.01.2018
50607

Turkmanistonda qora rangdagi mashinalarga «ov» e'lon qilindi - OAV

Foto: Alamy

Turkmanistonda yo‘l politsiyasi yo‘llarda faqat qora va quyuq kulrang mashinalarni emas, balki boshqa rangdagi mashinalarni ham to‘xtatmoqda. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» nashri o‘z muxbirlari, shuningdek o‘quvchilariga tayangan holda xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 2017 yilning 2 yanvaridan qora rangdagi avtomobillardan foydalanishga taqiq joriy etilgan.

Ko‘k, qizil, yashil va boshqa rangdagi mashinalarni politsiya jarima maydonchasiga olib borishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, bu borada qandaydir izohlar berilmagan.

Qora mashinalardan foydalanish bo‘yicha yozma qaror va buyruqlar bo‘lmagani sababli, yo‘l-patrul xizmati xodimlari bu boradagi ko‘rsatmani o‘zlari bilganicha bajarmoqda. Ba'zi haydovchilar qo‘yib yuborilayotgan bo‘lsa, aksariyatiga rangni bo‘yash yoki transport vositasidan foydalanmaslik haqida talab qo‘yilmoqda.

Avvalroq, Turkmanistonda ayollarga mashina haydash taqiqlab qo‘yilgani xabar berilgandi.

Top