21:10 / 08.01.2018
56042

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 9 yanvardan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari, o‘rnatilgan kursga nisbatan 2,33 so‘mga o‘sdi va bir dollar ayni vaqtda 8139 so‘mni tashkil etmoqda.

Bir yevro kursi 12,56 so‘mga qimmatlab, 9787,96 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli kursi esa 0,68 so‘mga oshib, 143,05 so‘mga yetgan.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top