08:42 / 09.01.2018
9234

35 avtomobil. AQShda ommaviy YTH yuz berdi

AQShning Jorjiya shtatidagi I-75 shossesida ommaviy YTH yuz berdi, unda 30 dan ortiq avtomobilga zarar yetgan. Bu haqda ABC 9 xabar qilmoqda.

Katus okrugi sherifi ofisining ma'lumotlariga ko‘ra, YTHga 35 ta avtomobil uchragan, ular 1 kilometrlik umumiy masofada to‘qnashib ketgan.

Ta'kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi yaxvonlik sabab yuz bergan, 15 kishi jabrlangani aytilmoqda.

Shuningdek, hodisa oqibatida magistralga juda ko‘p miqdorda dizel yoqilg‘isi to‘kilgan.

Foto: Twitter/@MichelleWRCB
Foto: Twitter/@MichelleWRCB

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni Nyu-York shtatida 20 avtomobil ishtirokida ommaviy YTH yuz bergani, qurbonlar borligi xabar qilingandi.

Top