Xitoy xorijda o‘z harbiy-dengiz kuchlarining ikkinchi bazasini qurmoqchi. South China Morning Post‘ning Xitoy armiyasiga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Xitoy bu harbiy-dengiz bazasini Pokistonda qurmoqchi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Pokistondagi baza Arabiston dengizida strategik pozitsiyaga ega bo‘lgan Gvadar port shahrida quriladi va Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining xorijdagi ikkinchi bazasi bo‘ladi. Birinchisi Jibutida, AQSh bazalari yonida 2016 yil avgustda qurila boshlangan.
Yangi bazaga 622 mln dollar ajratish rejalashtirilgan.