09:52 / 09.01.2018
15236

KXDR va Janubiy Koreya muzokaralar davomida turli takliflar bilan almashdi

Foto: Sinxua

KXDR va Janubiy Koreya delegatsiyasi Toshkent vaqti bilan soat 06:00da boshlangan muzokaralar davomida turli takliflar bilan almashdi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.

Xususan, shimoliy koreyaliklar 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlariga yuqori mansabli amaldorlardan iborat delegatsiya yuborishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Pyongchangga KXDRdan bo‘lgan artistlar va Shimoliy Koreyaning taekvondo bo‘yicha maxsus jamoasi yo‘llanadi.

O‘z navbatida, Janubiy Koreya Koreya urushi davomida ajralib ketgan oilalar uchrashuvini 16 fevral kuni tashkillashtirish taklifi bilan chiqdi.

Avvalroq Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasida vazirlar darajasida muhokamalar boshlangani xabar qilingandi.

Top