12:00 / 09.01.2018
16002

Ronaldu «Real»ni tark etsa, APL klubiga o‘tishni ma'qul ko‘ryapti

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mish-mishlarga ko‘ra, Madrid klubida baxtiyor emas va Angliya chempionatida ishtirok etishni istayapti.

Don Balon xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 32 yoshli portugaliyalikni orqaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Shu tufayli, Ronaldu faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishni ma'qul deb hisoblayapti.

Eslatib o‘tamiz, londonliklardan tashqari, «Qirollik klubi» hujumchisi bilan «Pari Sen-Jyermen» ham qiziqmoqda.

Avvalroq, Ronaldu London markazi va yaqinidan o‘ziga uy izlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid
Top