17:45 / 09.01.2018
23632

«Rossiya yana g‘alati g‘oyasiga qaytdi!» - Kiyev Donbass bo‘yicha bayonot berdi

Foto: TASS

Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Vladimir Yelchenkoning ma'lum qilishicha, yaqin vaqt ichida Donbassga tinchlikparvarlarni yuborish masalasi bo‘yicha qandaydir o‘zgarish bo‘lmaydi, sababi Rossiya «o‘zining g‘alati amaliyot haqidagi g‘oyasiga qaytdi, bunda BMT tinchlikparvarlari YeXHT kuzatuvchilarini qo‘riqlashi lozim bo‘ladi». Bu haqda u «Yevropeyskaya pravda» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«BMT Xavfsizlik Kengashi tinchlikparvarlik amaliyoti mandati ustida ish boshlashga tayyor edi, biroq Rossiya deyarli barcha muhim bandlarni rad etdi hamda o‘zining g‘alati amaliyoti haqidagi g‘oyasiga qaytdi, unda BMT tinchlikparvarlari YeXHT kuzatuvchilarini qo‘riqlashi kerak... Mening fikrimcha, yaqin vaqt ichida bu masala bo‘yicha hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi», - deya ma'lum qildi Yelchenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina pozitsiyasi shundan iboratki, tinchlikparvarlar Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi davlat chegarasida turishlari kerak, biroq Moskva bu variantni rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukrainaning strategik maqsadlarini ma'lum qilgandi.

Top