07:52 / 09.01.2018
18157

Shimol va Janub o‘rtasida muzokaralar boshlandi

Foto: Courrier international

9 yanvarda Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasida vazirlar darajasida munosabatlarni yaxshilash yo‘llari va shimollik sportchilarning Pxyonchangdagi Olimpiadada ishtirok etishi bo‘yicha muhokamalar boshlandi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.  

Janubiy Koreyaning milliy birlashish ishlari bo‘yicha vaziri Cho Myon Gyun va Shimoliy Koreyaning vatanni tinch birlashtirish qo‘mitasi raisi Li Son Gvon boshchiligidagi ikki davlat delegatsiyasi ikki davlat o‘rtasidagi qurolsizlashtirilgan hududning janubidagi Pxanmunjom muzokaralar punktidagi “Tinchlik uyi” deb nomlangan joyda uchrashishdi. Avval ham bu yerda ikki tomon vakillari o‘rtasida muloqotlar bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar yopiq tarzda, jurnalistlarsiz o‘tmoqda.

Shimoliy Koreya yetakchisi 1 yanvarda millatga yangi yil murojaatida yadroviy salohiyatni oshirish, biroq shu bilan birga Janub bilan munosabatlarni yaxshilash va fevralda shimollik sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlab chiqdi. O‘z navbatida Seul Pxenyanning muloqotga tayyorligini ijobiy qarshilab, oliy darajada muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. 

Cho Myon Gyun uchrashuv arafasida muzokaralarda e'tibor Shimoliy Koreyaning Olimpiadada ishtirok etishiga qaratilishini va keskinlikni yumshatish masalalari ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid
Top