14:10 / 09.01.2018
7707

Janubiy Koreya KXDRga nisbatan sanksiyalarni yengillashtirmoqchi 

Foto: AP

Janubiy Koreya TIV rasmiy vakili No Gyu Dokning ma'lum qilishicha, mamlakat KXDRga nisbatan joriy etilgan ba'zi sanksiyalarni vaqtinchalik to‘xtatib turishga tayyor. Bu shimoliy koreyalik sportchilarning Pyonchangdagi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini ta'minlash uchun kerak, deb xabar bermoqda TASS.

TIV vakili so‘zlariga ko‘ra, Seul KXDRning qator rasmiy shaxslariga mamlakatga kirish uchun ruxsat berishi va bu boradagi tegishli taqiqni bekor qilishi mumkin.

«Seul shu maqsadda BMT Xavfsizlik Kengashi va boshqa manfaatdor mamlakatlar bilan tegishli qadamlarni ko‘rib chiqishi mumkin», - deya ma'lum qilgan No Gyu Dok.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya muzokaralar davomida turli takliflar bilan almashgani xabar berilgandi.

Top