09:50 / 10.01.2018
7047

«Atletiko» va «Valensiya» yirik g‘alabaga erishdi

Foto: Sport Ekspress

Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Atletiko» o‘z maydonida «Leyda»ni qabul qildi va Ispaniya chempionati uchinchi divizioni vakiliga hech qanday imkon qoldirmadi.

O‘yinning 57-daqiqasida Yannik Ferreyra-Karrasko Madrid jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 74-daqiqada Kevin Gameyro aniq zarba yo‘lladi, 81-daqiqada «matraschilar»ning yangi a'zosi Vitolo o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:0.

Bir hafta oldin safar uchrashuvida ham «Atletiko» 4:0 hisobidagi g‘alabaga erishgandi. Shu tariqa, Diyego Simeone shogirdlari Ispaniya Kubogining chorak finaliga chiqishdi.

«Valensiya» Kubokning bu bosqichida «Las-Palmas» to‘sig‘idan o‘tdi. Valensiyadagi«Mestalya» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda Lusiano Vetto het-trik qayd etdi, u 30-, 48- va 66-daqiqalarda aniq harakat qildi. Yana bir gol Nemanya Maksimovich tomonidan 54-daqiqada urildi.

Bir hafta oldin «Las-Palmas» maydonida o‘tgan uchrashuvda durang qayd etilgandi — 1:1. Shu tariqa, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, «Valensiya» Ispaniya Kubogining chorak finaliga yo‘l oldi.

Ispaniya Kubogi
1/8 final
Javob uchrashuvlari

Atletiko – Leyda Esportiu 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 57 Ferreyra Karrasko, 2:0 – 74 Gameyro, 3:0 – 81 Vitolo.
Atletiko – Moyya, Savich, Xuanfran, Gonsales, Lyuka Ernandes (Montoro, 46), Fernandes, Gabi, Vitolo, Ferreyra Karrasko (Korrea, 61), Diyego Kosta (Gameyro, 62), Torres.
Leyda Esportiu – Rivas, Nunes (Xose Nunez Valente, 33), Satrustegi, Bande, Feliks, Ernandes, Molina, Mustafo, Uertas (Hui, 77), Lopez (Martines, 57), Negra.
Ogohlantirishlar: Mustafo (59), Hui (89).
Birinchi uchrashuv – 4:0

Valensiya – Las-Palmas 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 30 Vetto, 2:0 – 48 Vetto, 3:0 – 54 Maksimovich, 4:0 – 66 Vetto.
Valensiya – Domenek, Ruben Vezu, Toni Lato, Montoyya, Gabriel, Pereyra, Kondogbia, Maksimovich (Parexo, 63), Nacho Xil (Ferran Torres, 67), Vetto (Rodrigo, 71), Dzadza.
Las-Palmas –    Lisoain, Garsiya Santana, Kastelyano (Borxa Errera, 74), Simon, Lemos, Kastelyano, Gomes, Xalilovich (Dominges, 80), Samperio, Santana (Akvilani, 62), Kaleri.
Ogohlantirishlar: Toni Lato (81), Garsiya Santana (90).
Birinchi uchrashuv – 1:1

Mavzuga oid
Top