13:25 / 10.01.2018
8162

Credit Suisse delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Foto: Reuters

Toshkent shahriga Shveytsariyaning Credit Suisse banki boshqaruvchi direktori Stefan Gerig boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
 
Tashrif dasturida hamkorlikka oid istiqbolli loyihalarni muhokama qilish maqsadida mamlakat hukumati, qator vazirlik va idoralar, yetakchi bank tuzilmalari, davlat kompaniyalari bilan uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Ma'lumot uchun, “Credit Suisse” bankiga 1856 yilda asos solingan bo‘lib, ayni paytda jahondagi eng yetakchi moliya muassasalaridan biri hisoblanadi hamda 50 ta davlat hududida faoliyat yuritadi. 

Top