11:30 / 10.01.2018
6415

Qozog‘istonda 2,5 mingdan ortiq kishi korrupsiya uchun sudlandi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublika xalqiga murojaatida qayd etganidek, mamlakatda korrupsiyaga qarshi preventiv kurash davom ettiriladi. Uning qozoq matbuotida e'lon qilingan to‘liq murojaatida ta'kidlanishicha, so‘nggi 3 yil mobaynida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun 2,5 mingdan ortiq kishi sudlangan. 

"Korrupsiyaga qarshi kurash davom ettiriladi. Katta ish amalga oshirilmoqda. Birgina so‘nggi 3 yilda 2,5 mingdan ortiq kishi korrupsiyada aybdor deb topildi. Ular orasida yuqori lavozimli rahbarlar va davlat kompaniyalari boshliqlari bor", — deyiladi murojaatning to‘liq matnida. 

Prezident so‘zlariga ko‘ra, "shu davr mobaynida taxminan 17 milliard tenge (51,5 million dollarga yaqin) miqdoridagi zarar undirilgan".

Top