09:10 / 10.01.2018
8997

«Manchester Siti» irodali g‘alabaga erishdi

Foto: Premer Liga

Angliya ligasi kubogining yarim finalidagi birinchi uchrashuvda «Manchester Siti» «Bristol Siti»ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi.

Chempionship vakili bo‘lgan jamoa 44-daqiqada Bobbi Rid penaltini aniq ijro etgach, hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Kevin De Bryuyne hisobni tenglashtirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda Serxio Aguero urgan gol Xosep Gvardiola shogirdlariga g‘alaba keltirdi.

Jamoalarning javob uchrashuvi 23 yanvar kuni «Bristol Siti» maydonida bo‘lib o‘tadi. Yarim finaldagi ikkinchi juftlik - «Chelsi» va «Arsenal» uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.

Angliya Ligasi Kubogi
Yarim final
Birinchi uchrashuv

Manchester Siti – Bristol Siti 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 44, penalti Rid, 1:1 – 55 de Bryuyne, 2:1 – 90 Aguero.
Manchester Siti – Bravo, Mangalya, Stounz, Danilo, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Ture (Aguero, 70), Sane, Gundo‘g‘an, Zinchenko (Uoker, 79).
Bristol Siti – Filding, Beyker, Flint, Magnusson (Uolsh, 72), Brayyen, Smit, Pek, Rid, Braunxill, Peterson, Rayt.
Ogohlantirishlar: Flint (56), Smit (58), Brayyen (60).

Mavzuga oid
Top