20:30 / 10.01.2018
8951

Turkiya klubi ustozi Arda Turon transferini e'lon qildi

Foto: Twitter/@fcbarcelona

Turkiyaning «Istambul BB» klubi bosh murabbiyi Abdulla Ovchi «Barselona» yarimhimoyachisi Arda Turon transferini tasdiqladi.

«Transfer haqida ikki kun ichida rasman e'lon qilamiz. Arda - ko‘p yillardan beri bizning maqsadimiz edi. Klub prezidentiga uning transferi uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu juda murakkab bitim bo‘ldi», – dedi Ovchi.

Arda Turon «Barselona»ga 2015 yilda «Atletiko»dan 34 million yevro evaziga o‘tgan edi. Shu vaqt mobaynida ko‘k-anorranglilar tarkibida 55ta o‘yin o‘tkazib, 15ta gol urdi

Joriy mavsumda, Arda Turon «Barselona» tarkibida birorta o‘yin o‘tkazmadi.

Top