20:47 / 11.01.2018
8104

Aviachiptalarni onlayn sotish tatbiq qilingandan keyin 280 ming dollarlik tushum olindi

“O‘zbekiston Havo Yo‘llari” MAK saytida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining elektron tijorat to‘lov moduli bilan integratsiya amalga oshirilib, 2017 yil 10 noyabridan http://uzairways.com saytida aviachiptalarni onlayn sotish yo‘lga qo‘yilgan. Shu vaqtdan beri amalga oshirilgan tranzaksiyalar miqdori 500 dan oshib ketdi, bu esa 280 ming dollardan ko‘proqqa tengdir.

Bugungi kunda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va “Ipak yo‘li” banki internet-ekvayring bo‘yicha litsenziyalarga ega va xalqaro to‘lov tizimlari bilan sertifikatlashtirilgan hamda VISA xalqaro to‘lov tizimi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bronlash onlayn-xizmatlari, ekvayring, xarid qilinuvchi xizmatlar elektron to‘lovi va boshqa onlayn-xizmatlar hamda o‘zining ko‘p tilli saytlarini joriy qiluvchi sayohlik faoliyati sub'yektlari uchun soliq bazasidan axborot texnologiyalarini tatbiq qilishga xarajatlarni istisno qilish ko‘rinishida soliq imtiyozlari taqdim qilishni taklif qilgan.

 

Top