Kolumbiyalik 23 yoshli futbolchi Yyerri Mina «Barselona» bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolab, qishda amalga oshirilgan ikkinchi transfer bo'ldi.

Ispaniya grandi muxlislarga himoyachi Yyerri Mina haqida bir qancha qiziqarli ma`lumotlarni e`lon qildi.

«Barselona» futbolchini tanishtirar ekan, u haqda 10ta qiziqarli faktni taqdim qildi.

- Yyerri Mina «Barselona» safida rasmiy o'yin o'tkazadigan birinchi kolumbiyalik futbolchiga aylanadi. 1964 yil 24 iyun kuni «Sabadel» klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida, Lauro Moskera «Barselona» safida maydonga tushgan edi. Biroq, u jamoada asosiy tarkibiga o'rnashib qololmadi.

- Yyerri «Barsa»ning eng bo'ychan futbolchisi bo'ladi. Uning bo'yi 195 sm.ga teng bo'lib, u Kataloniya «grenadyorlari»ning barchasi - Jyerar Pike (194), Serxio (189) va Andre Gomeshdan (188) ham balanddir.

- Mina Primerada ishtirok etayotgan o'ninchi kolumbiyalik bo'ladi. Ularning barchasi quyidagilar: Karlos Bakka («Vilyarreal»), Xuanxo Narvayes («Betis»), Luis Muriel («Sevilya»), Daniel Torres («Alaves»), Jyefferson Lermo («Levante»), Jyeyson Murilo («Valensiya»), Bernardo Espinosa, Yoxan Moxika va Marlos Moreno (uchalasi ham – «Jirona»).

- Yyerri Kolumbiya terma jamoasida 2016 yil 6 oktabr kuni debyut qilgan. 11 oktabr kuni esa Urugvayga qarshi o'yinda gol urgan. Uning hisobida terma jamoa uchun o'tkazilgan 9ta o'yin va 3ta gol bor.

- Professional faoliyatida futbolchi to'rtta turli raqam ostida o'ynagan: №3 - «Deportivo Pasto», №26 - «Santa Fe» va «Palmeyras», №13 va №16 - Kolumbiya terma jamoasi.

- Mina futbolga darvozabon sifatida kirib kelgan, biroq, keyinchalik markaziy himoyachiga aylangan.

- Yyerrining otasi va tog'asi ham professional futbolchi bo'lgan. Qizig'i shundaki, ikkalasi ham darvozada turgan. Aynan ular Yyerrining futbolchi bo'lishiga katta ta`sir o'tkazgan. Otasi uni oilaviy an`anani o'zgartirib, himoyachi bo'lishga chaqirgan. Tog'asi esa uni «Deportivo Pasto» klubiga joylab qo'ygan, keyinchalik uning agentiga aylangan.

- Mina jamoalariga sovrin yutib olishda doimo ko'maklashib keladi: 2014 yili – Kolumbiya chempioni, 2015 – Kopa Sudamerikana g'olibi, 2016 – Braziliya chempioni va faqat 2017 yilda sovrinlarsiz qolgan...

- Yyerri 2016 yilda, qadrdon Guachena shahrida xayriya jamg'armasini tashkil qilgan va ikki mingga yaqin odam undan yordam olyapti.

- Mina bo'sh vaqtini oilasi va do'stlari davrasida o'tkazishni yoqtiradi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan ko'plab suratlar isbot bo'la oladi.

Yyerri Mina rasmiy tanishtiruv marosimi 12 yanvar kuni o'tkaziladi.