19:30 / 11.01.2018
22273

«Barselona»ning yangi a'zosi Yyerri Mina haqida 10ta qiziqarli fakt

Kolumbiyalik 23 yoshli futbolchi Yyerri Mina «Barselona» bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolab, qishda amalga oshirilgan ikkinchi transfer bo‘ldi.

Ispaniya grandi muxlislarga himoyachi Yyerri Mina haqida bir qancha qiziqarli ma'lumotlarni e'lon qildi.

«Barselona» futbolchini tanishtirar ekan, u haqda 10ta qiziqarli faktni taqdim qildi.

- Yyerri Mina «Barselona» safida rasmiy o‘yin o‘tkazadigan birinchi kolumbiyalik futbolchiga aylanadi. 1964 yil 24 iyun kuni «Sabadel» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida, Lauro Moskera «Barselona» safida maydonga tushgan edi. Biroq, u jamoada asosiy tarkibiga o‘rnashib qololmadi.

- Yyerri «Barsa»ning eng bo‘ychan futbolchisi bo‘ladi. Uning bo‘yi 195 sm.ga teng bo‘lib, u Kataloniya «grenadyorlari»ning barchasi - Jyerar Pike (194), Serxio (189) va Andre Gomeshdan (188) ham balanddir.

- Mina Primerada ishtirok etayotgan o‘ninchi kolumbiyalik bo‘ladi. Ularning barchasi quyidagilar: Karlos Bakka («Vilyarreal»), Xuanxo Narvayes («Betis»), Luis Muriel («Sevilya»), Daniel Torres («Alaves»), Jyefferson Lermo («Levante»), Jyeyson Murilo («Valensiya»), Bernardo Espinosa, Yoxan Moxika va Marlos Moreno (uchalasi ham – «Jirona»).

- Yyerri Kolumbiya terma jamoasida 2016 yil 6 oktabr kuni debyut qilgan. 11 oktabr kuni esa Urugvayga qarshi o‘yinda gol urgan. Uning hisobida terma jamoa uchun o‘tkazilgan 9ta o‘yin va 3ta gol bor.

- Professional faoliyatida futbolchi to‘rtta turli raqam ostida o‘ynagan: №3 - «Deportivo Pasto», №26 - «Santa Fe» va «Palmeyras», №13 va №16 - Kolumbiya terma jamoasi.

- Mina futbolga darvozabon sifatida kirib kelgan, biroq, keyinchalik markaziy himoyachiga aylangan.

- Yyerrining otasi va tog‘asi ham professional futbolchi bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, ikkalasi ham darvozada turgan. Aynan ular Yyerrining futbolchi bo‘lishiga katta ta'sir o‘tkazgan. Otasi uni oilaviy an'anani o‘zgartirib, himoyachi bo‘lishga chaqirgan. Tog‘asi esa uni «Deportivo Pasto» klubiga joylab qo‘ygan, keyinchalik uning agentiga aylangan.

- Mina jamoalariga sovrin yutib olishda doimo ko‘maklashib keladi: 2014 yili – Kolumbiya chempioni, 2015 – Kopa Sudamerikana g‘olibi, 2016 – Braziliya chempioni va faqat 2017 yilda sovrinlarsiz qolgan...

- Yyerri 2016 yilda, qadrdon Guachena shahrida xayriya jamg‘armasini tashkil qilgan va ikki mingga yaqin odam undan yordam olyapti.

- Mina bo‘sh vaqtini oilasi va do‘stlari davrasida o‘tkazishni yoqtiradi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan ko‘plab suratlar isbot bo‘la oladi.

Yyerri Mina rasmiy tanishtiruv marosimi 12 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Top