Islom Karimov fondi Facebook’dagi sahifasida O'zbekiston birinchi prezidentining aka-ukalari qurshovidagi avval noma`lum bo'lgan suratini e`lon qildi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

Suratda 27 yoshli Islom Karimov (chapdan uchinchi) aka-ukalari Quddus, Ibodullo va Xurshid bilan tasvirlangan. Fotosurat Samarqandda 1965 yilda olingan, deyiladi izohda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Islom Karimov fondi O'zbekiston birinchi prezidentining oilasiga aloqador yangi fotosuratni e`lon qilgandi.

Fond O'zbekiston birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2016 yilning oktabrida Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva tomonidan tashkil etilgan.