09:47 / 11.01.2018
29642

Kuyoviga ukol qilib, uni o‘ldirgan shifokor qaynota 10 yilga qamaldi

Ukrainalik onkolog 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi, u o‘z kuyovini tibbiy preparat yordamida o‘ldirgan. Bu haqda Xarkov oblasti prokuraturasi saytida xabar berildi.

Ta'kidlanishicha, jinoyat sodir etilgan paytda erkakning kuyovi bilan munosabatlari yomonlashgan, qizi ham eri bilan ziddiyatda bo‘lgan. 2015 yilning fevralida erkak qizning kvartirasiga kelib, ko‘rimsiz kiyimni kiyib olgan va kuyovini garaj yonida kutib turgan.

«Kuyovi mashinadan chiqqanida, jinoyatchi uning o‘ng soniga shprits tiqqan va tibbiy preparatni yuborgan. Erkakning ahvoli yomonlashgan. U o‘limidan bir necha daqiqa avval akasiga qo‘ng‘iroq qilib, qaynotasi oyog‘iga ukol qilganini xabar bergan», - deya ma'lum qildi prokuror Viktoriya Tugaybey.

Aniqlanishicha, o‘lim yurak-o‘pka yetishmovchiligi natijasida yuz bergan. Bu bemorlarga sun'iy nafasga o‘tkazishda qo‘llaniluvchi dori vositasi tufayli sodir bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, onkolog shifokor dori vositasini ishxonasidan olgan va qotillikka avvaldan tayyorgarlik ko‘rgan. 

 

Top