11:30 / 11.01.2018
26729
Reklama

Soch to‘kilishiga qarshi – Minox: pessimistika va optimistika

So‘nggi bir qancha vaqt davomida Minox preparatining www.kun.uz va www.daryo.uz platformalari va Facebook, OK, Telegram, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardagi tashviqoti soch to‘kilishiga qarshi bu kabi preparatlardan bexabar insonlarga umid bag‘ishlagan bo‘lsa, yana ko‘pchilikda ayni preparat yuzasidan ko‘pgina savollar tug‘dirgani aniq. Ba'zilar borki, butun pessimistik munosabatga, yana ba'zilar to‘la optimistik munosabatga ega qarashlarga ega. Bugun, ushbu maqola orqali, Minox preparati yuzasidan bildirilayotgan barcha turdagi pessimistik va optimistik qarashlar va savollarga birdek javob qilishni maqsad qilganmiz.

Foto: Minox

Preparatni qancha muddat davomida foydalanish zarur bo‘ladi?

Nozik savol. Umumiy qilib aytganda, agar sochlaringiz siz uchun qadrli bo‘lsa, preparatni siz butun hayotingiz davomida ishlatishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘p hollarda, preparatni qo‘llashni to‘xtatib qo‘ysangiz, barcha qayta tiklana boshlagan sochlaringiz yana to‘kilishni boshlashi mumkin (agar u sochlar davolanishdan oldin mavjud bo‘lmagan bo‘lsa). Umuman olganda, preparatni foydalanishdan to‘xtalgach, bir necha oydan so‘ng yana soch to‘kilishi ehtimoli yetarlicha katta.

Nahotki, preparatni butun umr ishlatishimga to‘g‘ri kelsa? Balki, erishilgan natijani abadiy saqlab qolish yo‘li bordir?

Afsuski, hozirgi kunga qadar soch to‘kilishini bir martalik muddatda “davolash” mumkin bo‘lgan sehrli malham o‘ylab topilmagan. Shuning uchun, Minox preparatini doimiy foydalanib yurish kerak bo‘ladi. Lekin, holat juda tashvishlanarli emas – xavotir oladigan narsaning o‘zi yo‘q. Siz har kuni tishlaringizni yuvganingizdek, preparatni ham ertalab va kechqurun qo‘llashni odat tusiga kiritsangiz bo‘lgani! Bu bor yo‘g‘i 30 soniya vaqtingizni oladi va o‘ylaymizki, ushbu odatlanishning hech qanday dahshatli tomoni yo‘q.

Yo‘qotilgan sochni TO‘LA qayta tiklay olamanmi?

Bu savolning javobi sizda kechayotgan soch to‘kilishining bosqichini bilan bog‘liq. Agar sizda alopesiyaning boshlang‘ich bosqichi (1-2 bosqich Norvud) bo‘lsa, ha, imkoniyat bor va ehtimollik juda katta. Ko‘pchilik bemorlarimiz o‘z sochlarini deyarli to‘liq tiklashga muvaffaq bo‘lishgan. Ba'zida esa tiklanish siyrakroq, lekin sinchkovlik bilan qaralmasa, sezilmaydigan darajada. Hartugul, ular “kallik” dashnomidan qutula olganlar.

Lekin, sizda soch to‘kilishi 3 va undan yuqori bosqichda bo‘lsa, u holda sizning to‘kilayotgan sochlaringizning hammasini ham tiklashning iloji bo‘lmaydi. Shunga qaramay, preparat, baribir, bir qancha sochlarni qaytarishi ham mumkin. 

Ilk natijalarni ko‘rish uchun preparatni qancha muddat davomida foydalanishim zarur?

Sochlaringizning faol o‘sishini qaytarish uchun anchagina vaqt talab etiladi. Har qanday natijalar paydo bo‘lishi uchun kamida uch oy talab qilinishi mumkin. Ko‘pchilik mijozlarning asosiy xatosi bu preparatni bir-ikki oy davomida ishlatib, natija sezilmasidan, to‘xtatishlaridir. Uch-olti oylik muolajalar jarayonida natijalar kutish mazmunga ega, shu muddatdan so‘ng natijalar nafaqat ko‘rinadi, balki, yaxshilanib boraveradi.

Foto: Minox

Muolaja dasturini boshlanganimdan so‘ng mavjud sochlarim ham birdan to‘kila boshladi.

Eng og‘riqli savol. To‘g‘risi, ayni masalada ko‘pchilikni tinchlantiraverib charchaymiz ba'zida. Ko‘plab mijozlarimiz sochlari to‘kilishi tobora kuchayib borayotganidan vahimaga tushib bizga xatlar yozishadi va qo‘ng‘iroqlar qilishadi. Sizni ishontirib aytamizki, holat butunlay me'yoriy va vaqtinchalik holat hisoblanadi. Biroz vaqtdan so‘ng, albatta, sochlar o‘sishga qaytadi. Odatda, jarayon boshida eng noziklashib qolgan sochlar to‘kilishi mumkin. Aslida, bu kabi nozik sochlar ertami-kechmi, baribir, o‘z-o‘zidan to‘kilib ketadi. Ularning o‘rnidan, sal keyinroq, endi ancha baquvvat va sog‘lom sochlar o‘sib chiqadi. 

Agar men davolashni bir necha seansini qoldirsam nima bo‘ladi?

Agar siz preparatni 2-3 kun davomida foydalanishni unutsangiz, esga tushgach, uni ikki-uch barobar ko‘p miqdorda ishlatish shart emas; odatdagi grafikda ishlatishda davom eting. Tabiiyki, seanslarni unutib qoldirish yaxshi emas, lekin, bunday holatlarda vahimaga tushish ham shart emas. 

Sochlarim o‘sishida siljish bor-yo‘qligini qanday aniqlash mumkin?

Deyarli barcha mijozlarimiz preparatni ishlatishni boshlashganida ularda yangi sochlar chiqayotganini sezishmaydi. Chunki, yangi sochlar chiqa boshlaganda qildek ingichka bo‘ladi. Hattoki, 2 oy o‘tgach ham ularni ko‘rish qiyin. Lekin, biroz vaqt o‘tgach, bu ingichka tolalar baquvvat va semizroq sochlarga aylanadi.

Preparat ta'siri yaxshiroq va tezroq bo‘lishi uchun, uni bir kunda 2 martadan ko‘proq qo‘llash mumkinmi? 

Yo‘q, bunday qilish mumkin emas. Kuniga 20 marta foydalansangiz ham preparat me'yoridan ortiq manfaat keltirmaydi. Kuniga atigi 2 marta qo‘llang, undan ko‘p emas!

Foto: Minox

Mahsulotni qo‘llashdan keyin boshimni yuvishim mumkinmi?

Yaxshisi yuvmaganingiz ma'qul. Yaxshi natijaga erishish uchun preparat qo‘llanilgandan so‘ng 4 bosh terisida qolishi maqsadga muvofiq sanaladi. 

Preparatdan to‘g‘ri foydalanish instruktsion videosi bormi?

Ko‘pchilik xaridorlarimiz talabiga binoan preparatni soch terisiga qo‘llash bo‘yicha videoklipni havola etmoqdamiz. Ushbu videoklip orqali preparatni bosh terisiga qanday qo‘llash kerakligi haqida bilib olasiz. Preparatni qo‘llash juda ham oson.

Telegram savdo: TELEGRAM

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top